Ko'rgazma

🖥Joriy yilning 5-iyun kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Paxtazor" mahallasi aholisiga "Kitob bilan dunyo kezamiz" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmadan oʻrin olgan badiiy, ilmiy-ommabop va maʼnaviy-maʼrifiy adabiyotlar kitobxonlarda katta qiziqish uygʻotdi. Tadbir davomida mutolaaning inson hayotidagi oʻrni, kitobning bilim va tafakkurni boyitishdagi ahamiyati haqida suhbatlar oʻtkazildi. Ishtirokchilarga yangi nashrlar va kutubxona fondidagi adabiyotlar tavsiya etilib, kitob mutolaasi orqali dunyoqarashni kengaytirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. ✔️Mazkur ko‘rgazma aholi, ayniqsa yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy saviyani yuksaltirish hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishib, mutolaa yuzasidan fikr almashdilar.