Koʻchma_kutubxona

🖥Joriy yilning 8-iyun kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son texnikum kutubxonasida ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi. Mazkur sayyor tadbir doirasida ko‘chma kutubxona fondi foydalanuvchilarning talab va istaklariga muvofiq ravishda yangilanib, turli yoshdagi kitobxonlar uchun badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitildi. Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilar va mahalla aholisida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.