Ko'rgazma

🖥Joriy yilning 8-iyun kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Gulzor" mahallasi aholisiga "Kitob – inson kamoloti poydevori" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. ✔️Koʻrgazmada badiiy, ilmiy-ommabop, maʼnaviy-maʼrifiy hamda bolalar adabiyotlaridan iborat turli kitoblar namoyish etildi. Tadbir davomida kitobxonlarga mutolaaning inson tafakkuri, dunyoqarashi va maʼnaviy kamolotidagi oʻrni haqida maʼlumotlar berildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishib, tavsiya etilgan kitoblar yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur koʻrgazmaning asosiy maqsadi aholi oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, yoshlarni mutolaaga jalb etish hamda kitobning inson hayotidagi beqiyos ahamiyatini targʻib etishdan iborat boʻldi.