Ko'chma kutubxona

🖥Joriy yilning 8-iyun kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Toshkent" mahallasidagi 6-maktabda tashkil etilgan koʻchma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan almashtirilib, sayyor tadbir oʻtkazildi. ✔️Tadbir davomida oʻquvchilar va kitobxonlarga badiiy adabiyotlar hamda bolalar adabiyotlaridan iborat yangi kitoblar tanishtirildi. Mutolaaning inson maʼnaviyati va dunyoqarashini yuksaltirishdagi oʻrni haqida suhbat oʻtkazilib, kitobxonlarni muntazam kitob oʻqishga targʻib etuvchi tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, mutolaa yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mazkur sayyor tadbir yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda kitobga boʻlgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.