Kitob_koʻrgazmasi

2026-yil 8-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining atoqli vakili, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad hayoti va ijodiga bag‘ishlangan "Millat qalbini kuylagan yozuvchi" nomli ko‘rgazmali burchak tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmali burchakda adibning hayoti, sermazmun ijodiy faoliyati, yaratgan asarlari hamda o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’lumotlar, shuningdek, yozuvchining kitoblari, suratlari va ijodiga oid adabiyotlari joylashtirildi.