#Bibliografik_sharh

🗓2026-yil 9-iyun kuni Mirzacho‘l tumanidagi 15-maktabda taniqli adib Togʻay Murod asarlariga bagʻishlangan bibliografik sharh tadbiri tashkil etildi. ✔️Tadbirning asosiy maqsadi ayollarni yozuvchining boy adabiy merosi bilan tanishtirish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda badiiy adabiyotga mehr uyg‘otishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida adibning “Otamdan qolgan dalalar”, “Yulduzlar mangu yonadi”, “Oydinda yurgan odamlar” va boshqa asarlari haqida bibliografik ma’lumotlar berildi. Asarlarda xalq hayoti, milliy qadriyatlar, inson taqdiri, vatanparvarlik va mehnatsevarlik g‘oyalari yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlangani ta’kidlandi. Shuningdek, ayollarga yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati haqida ma’lumot berilib, asarlarining mazmun-mohiyati hamda tarbiyaviy ahamiyati yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Tadbir yakunida kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etilib, ishtirokchilarga mutolaa uchun tavsiyalar berildi.