Ekskursiya

🖥2026-yil 9-iyun kuni yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda axborot-kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar ishtirokida ekskursiya tashkil etildi. 🗣️Ekskursiya davomida ishtirokchilarga axborot-bibliografiya xizmati faoliyati, kutubxona fondidan adabiyotlarni qidirish va tanlash tartibi, bibliografik ko‘rsatkichlardan samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarga o‘lkashunoslik adabiyotlari hamda o‘lkamiz ijodkorlarining she’riy to‘plamlari tanishtirilib, ularning mazmun-mohiyati haqida qisqacha tushunchalar berildi. Yoshlar badiiy, ilmiy-ommabop va tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar hamda kutubxonadan samarali foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ldilar.