📖 Yoshlar kitob o‘qisa, mahalla taraqqiy etadi

oriy yilning 9-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 1-maktab rus tili to‘garagi a’zolari ishtirokida "Kitobxonlar charxpalagi" loyihasi doirasida “Bolalarga bering dunyoni” deb nomlangan tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida bolalarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirish maqsadida ertak kitoblari asosida savol-javoblar tayyorlandi. Tayyorlangan savollar “Kitobxonlar charxpalagiga” joylashtirilib, tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi. Bolalar charxpalakdan savollarni tanlab olib, ertaklar mazmuni va qahramonlari haqidagi savollarga faol javob berdilar. ✔️Shuningdek, tadbirda bolalar sevimli ertaklari haqida fikr almashib, kitob mutolaasining ahamiyati xususida suhbatlashdilar. Qiziqarli va interfaol tarzda tashkil etilgan tadbir ishtirokchilarda kitobga mehr va mutolaa madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda va mazmunli tarzda o‘tkazildi. 🐦Web sayt (http://mirzacholakm.uz/)   | ▶️YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCtPS7RSE10r2691hIdOkQQg/featured) | 🌐Facebo