Joriy yilning 10-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Gulzor" mahallasidagi 19-maktabda tashkil etilgan ko‘chma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan boyitilib, kitoblar almashtirildi. Shuningdek, o‘qituvchilar ishtirokida "Kitob o‘qigan xalq buyuk bo‘ladi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ✔️Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamoloti, ma'naviy yuksalishi va dunyoqarashini kengaytirishdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Ishtirokchilarga badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlaridan tavsiyalar berilib, mutolaaning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. O‘quvchilar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida fikr bildirib, faol ishtirok etdilar.