🖥2026- yilning 10-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Bog‘bon” mahallasida joylashgan “Sihat Salomatlik FARM” MChJga qarashli shaxsiy kutubxonadagi “Namunaviy ko‘chma kutubxona” fondi adabiyotlari yangilandi hamda sayyor tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida kitobxonlarga yangi kelgan badiiy, ilmiy-ommabop va bolalar adabiyotlari tanishtirildi. Mutolaaning inson kamolotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda kitobning ahamiyati haqida suhbat o‘tkazildi. ✔️Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlar bilan tanishib, kitob mutolaasi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir kitobxonlarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, kitob fondidan samarali foydalanishni targ‘ib etish hamda ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni boyitishga xizmat qiladi.