🖥Joriy yilning 10- iyun kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ipak Yo'li" MFY hududida joylashgan 4-maktab kutubxonasida ko‘chma kutubxona adabiyotlari yangilandi. Mazkur sayyor tadbir doirasida ko‘chma kutubxona fondi foydalanuvchilarning talab va istaklariga muvofiq ravishda yangilanib, turli yoshdagi kitobxonlar uchun badiiy, hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan boyitildi. Tadbirning asosiy maqsadi – o‘quvchilar va mahalla aholisida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan asarlar bilan ta’minlandilar. ✔️Bunday tashabbuslar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni ilm-ma’rifatga oshno etishda muhim ahamiyat kasb etadi.