🗓2026-yil 11-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 1-maktab rus tili to‘garagi a’zolari ishtirokida “Kitob o‘qigan millat yuksaladi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. ✔️Ko‘rgazmadan o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytiruvchi, ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltiruvchi hamda badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshiruvchi kitoblar o‘rin oldi. Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, yoshlarni bilimli va vatanparvar etib tarbiyalashdagi ahamiyati haqida suhbat tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.