Davra suhbati

2026-yil 11-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumida tashkil etilgan “Namunaviy ko‘chma kutubxona” fondidagi adabiyotlar yangilanib, kitobxonlarga yangi kitoblar taqdim etildi. ✔️Shuningdek, “Bir adib haqida suhbat” loyihasi doirasida atoqli o‘zbek adibi Said Ahmad tavalludining 106 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda adibning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berilib, uning “Jimjitlik”, Ufq" hamda "Yo‘qotganlarim va topganlarim" asarlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Suhbat davomida asarlarda aks etgan insoniy fazilatlar, vatanparvarlik, mehnatsevarlik va hayotiy saboqlar haqida so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilari adib ijodiga qiziqish bildirib, asarlar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etdilar.