🖥Joriy yilning 2026-yil 11-iyun kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mustaqillik" mahallasida tashkil etilgan koʻchma kutubxona fondidagi kitoblar yangilanib, sayyor tadbir o'tkazildi. ✅Mazkur tashabbus mahalla aholisining, ayniqsa yoshlarning kitobxonlikga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitob mutolaasi orqali ma'naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Yangilangan ko'chma kutubxona fondidan badiiy, ilmiy-ommabob va bolalar adabiyoti hamda turli mavzulardagi yangi adabiyotlar o'rin oldi. ✅Tadbir davomida kitobxonlarga tavsiyalar berilib mutolaaning inson hayotidagi o'rni haqida suhbatlar tashkil etildi. Ko'chma kutubxona fondidining muntazam yangilanib borilishi aholi, ayniqsa yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.