Amaliy va uslubiy yordam

🖥2026-yil 11-iyun kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 15-maktab kutubxonasiga amaliy-uslubiy yordam berish maqsadida tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida kutubxonaning ish faoliyati, fondni hisobga olish va saqlash ishlari, hujjatlarning yuritilish holati hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati o‘rganildi. 🗣️ O‘rganish natijasida inventar daftari, kitobxon formulyarlari va kutubxona faoliyatiga oid boshqa hujjatlar amaldagi talablarga muvofiq yuritilayotganligi aniqlandi. Adabiyotlar fondi tartib asosida joylashtirilgan bo‘lib, o‘quvchilar va pedagoglar uchun foydalanishga qulay sharoit yaratilgan. Shuningdek, kutubxonada kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish, kitob targ‘ibotiga oid tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni tashkil etish ishlari muntazam olib borilayotgani qayd etildi.