🖥Joriy yilning 11-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-son texnikum talabalari ishtirokida “Yoshlar kuni” munosabati bilan "Kitob bilan yuksalgan yoshlar" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. ✅ Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni vatanparvarlik, ilm-fanga qiziqish va tarixiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ichki ishlar xodimlari tomonidan yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularni yurtga sadoqat, qonunlarga hurmat va sog‘lom turmush tarziga amal qilishga chorlovchi tavsiyalar berildi.