“Inson qadr-qimmati va huquqlari daxlsizdir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Joriy yilning 11-iyun kuni Mirzacho‘l tumani IIB Voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo‘limi katta inspektori, leytenant Tinchlikova Fotima Alisherovna tomonidan Mirzacho‘l tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “Inson qadr-qimmati va huquqlari daxlsizdir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ➡️Tadbir davomida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda inson qadr-qimmatini ulug‘lash hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. ➡️ Shuningdek, ishtirokchilarga har bir fuqaroning huquqlari qonun bilan himoyalanishi, huquq va majburiyatlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhimligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.