Uch_avlod_uchrashuvi

🖥2026-yil 12-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida “Keksalar hikmati-yoshlar kelajagi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda nuroniy otaxonimiz Madumarov Janisbek ishtirok etib, o‘zi mutolaa qilgan kitoblar, ularning mazmun-mohiyati hamda hayotda tutgan o‘rni haqida yoshlarga qiziqarli ma’lumotlar berib o'tdi. ✅Suhbat davomida otaxon kitobxonlik inson ma’naviyatini yuksaltirishi, dunyoqarashini kengaytirishi va komil inson bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zining hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni ilm olishga, kitob mutolaasiga va milliy qadriyatlarimizni e’zozlashga chorladi. ✔️Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, nuroniy otaxonning hikmatlarga boy fikrlaridan katta taassurot oldilar. Davra suhbati yoshlar qalbida kitobga mehr va ustozlar hamda keksalarga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.