Ko'rgazma

🖥Joriy yilning 12-iyun kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikum oʻqituvchilari uchun "Yaxshi kitob – eng yaqin doʻst" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. ✅Koʻrgazmadan oʻrin olgan badiiy, ilmiy-ommabop, maʼnaviy-maʼrifiy hamda kasbiy adabiyotlar ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamoloti, dunyoqarashini kengaytirish va kasbiy mahoratni oshirishdagi oʻrni haqida suhbat oʻtkazildi. Shuningdek, oʻqituvchilarga yangi nashrlar va kutubxona fondiga kelib tushgan adabiyotlar haqida maʼlumotlar berildi. ✔️Mazkur koʻrgazma kitobxonlik madaniyatini targʻib qilish, mutolaa orqali bilim va maʼnaviyatni yuksaltirishga xizmat qildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, mutolaa yuzasidan fikr-mulohazalar almashdilar.