Davra suhbati

🖥Joriy yilning 15-iyun kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa qilishga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida oromgohlarda "Ta'tilda mutolaa zavqi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ✅Tadbir davomida kitob mutolaasining inson kamolotidagi oʻrni, yoshlarning maʼnaviy va intellektual salohiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida suhbat olib borildi. Ishtirokchilarga yozgi taʼtil davrida oʻqish tavsiya etiladigan badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar haqida maʼlumotlar berildi. ✔️Tadbir yoshlarning kitobga boʻlgan mehrini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini targʻib etish hamda ularni bilim olishga undashga xizmat qiladi.