Mehr kutubxonasi

2026-yil 15-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan imkoniyati cheklangan fuqarolar ishtirokida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi – millatning o‘chmas xotirasi” mavzusida targ'ibot ishlari olib borildi. ✅Ishtirokchilarga qatag‘on yillarida nohaq ta’qib va zulm qurboni bo‘lgan ma’rifatparvarlar, adiblar, olimlar hamda xalq fidoyilarining hayoti va faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ularning Vatan ravnaqi, milliy uyg‘onish va ma’rifat yo‘lidagi xizmatlari yodga olinib, ajdodlar xotirasiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilarda yurtimiz tarixining murakkab va og‘riqli sahifalari haqida kengroq tasavvur uyg‘otdi hamda qatag‘on qurbonlarining yorqin xotirasini e’zozlash, ularning boy ma’naviy merosini asrab-avaylash barchamizning muqaddas burchimiz ekanligi ta’kidlandi ✔️Tadbir savol-javoblar va fikr almashuvlar bilan yakunlandi.