So'rovnoma

🖥Joriy yilning 15- iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida faol kitobxonlar ishtirokida so‘rovnoma jarayonlari davom etmoqda. Mazkur so‘rovnoma orqali kitobxonlarning qiziqishlari, adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoji hamda kutubxona xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga oid fikr-mulohazalari o‘rganilmoqda. ✅Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib, kutubxona faoliyatini takomillashtirishga hissa qo‘shmoqdalar. Bu kabi so‘rovnomalar kitobxonlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning talab va istaklariga mos xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.