Davra suhbati

🖥Joriy yilning 17-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 20-maktab yosh kitobxonlari ishtirokida “Yozuvchi xotirasi qalblarda mangu” nomli davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan yozuvchi Ahmad A'zam hayoti va ijodida, asarlarida insoniylik, vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlar qanday aks etgani haqida atroflicha so‘z yuritildi. Davra suhbati davomida kitobxonlarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, yozuvchilar xotirasini e’zozlash va ularning bebaho merosini yosh avlodga yetkazish muhimligi ta’kidlandi. ✔️Tadbir ishtirokchilari bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar.