🖥2026-yil 17-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Kitobxon ona-ma'rifatli avlod poydevori" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda tumanimizning taniqli shoiri Ro'zimurod Balqiyev, Baxmal tumanidan tashrif buyurgan ijodkor shoira opamiz Malika Qobulova hamda "Oqila ayollar" guruhi a'zolari ishtirok etdilar. Tadbir davomida kitobxonlikning oila va jamiyat hayotidagi o‘rni, onalarning farzand tarbiyasidagi beqiyos hissasi hamda yosh avlodni kitob mutolaasiga jalb etish masalalari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar tomonidan she'rlar o‘qilib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qiziqarli suhbat va bahs-munozaralar, kuy-qo'shiqlar ijro etildi. ✔️Tadbir barchada katta taassurot qoldirib, kitobga bo‘lgan mehr va e'tiborni yanada oshirishga xizmat qildi.