2026-yil 17-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Xalq og‘zaki ijodida ayollar timsoli" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida xalq og‘zaki ijodida ayol obrazining o‘rni va ahamiyati, uning donoligi, matonati, mehr-muhabbati hamda fidoyiligi haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. Ishtirokchilar bilan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, qiziqarli fikr va mulohazalar almashildi. Davra suhbati davomida ertaklar, dostonlar va maqollarda aks etgan ayollar timsoli misollar orqali tahlil qilindi. ✔️Mazkur tadbir milliy qadriyatlarga hurmat, ayol zotiga ehtirom va ma'naviy merosimizga bo‘lgan qiziqishni mustahkamlashga xizmat qildi.