🖥Joriy yilning 18-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda volontyorlik harakatini keng targ‘ib qilish maqsadida Garvard oʻquv markazi yoshlariga “Kitob bilan o‘sgan yoshlar – yurt tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida kitob mutolaasining yoshlar ma’naviy kamolotidagi o‘rni, kitobxonlikning shaxsiy rivojlanish va bilim olishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, volontyorlik faoliyati orqali yoshlarni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va kitobxonlikni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilayotgan asarlar haqida so‘z yuritib, kitobxonlikka oid taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.