🖥Joriy yilning 18-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzacho‘l tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida "Kitob- hayot va xavfsizlik qo'llanmasi" mavzusida kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada badiiy, ma’rifiy, huquqiy hamda kasbiy yo‘nalishdagi yangi nashr etilgan kitoblar namoyish etilib, bo‘lim xodimlariga mutolaa qilish uchun tavsiya etildi. Tadbir davomida kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va bilimlarni boyitishda kitobning ahamiyati haqida suhbatlar olib borildi.