📆Joriy yilning 26-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan G‘alaba MFY hududida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida “Yo‘l-yo‘lakay birga o‘qiymiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 📚Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan suhbatlar o‘tkazildi. Ishtirokchilarga turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tavsiya qilinib, kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.