#Davlat_tilida_ish_yuritish

Joriy yilning 26-iyun kuni Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazida xodimlar ishtirokida "Ish yuritishda adabiy til me'yorlariga rioya qilish" mavzusida yigʻilish tashkil etildi. 📚Yigʻilish davomida ish hujjatlarini yuritishda davlat tilining adabiy meʼyorlariga qatʼiy amal qilish, rasmiy hujjatlarni imloviy, uslubiy va grammatik jihatdan toʻgʻri rasmiylashtirish, nutq va yozma savodxonlikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xodimlarga hujjatlar bilan ishlashda adabiy til qoidalariga rioya etishning ahamiyati haqida tushunchalar berilib, amaliy tavsiyalar bildirildi. Tadbir yakunida xodimlar ish faoliyatida adabiy til meʼyorlariga doimo amal qilish, hujjatlarni sifatli va toʻgʻri yuritishga alohida eʼtibor qaratish yuzasidan fikr almashdilar.