Siyosiy - ma'tifat soati

📖Joriy yilning 26-iyun kuni Mirzachoʻl tuman  axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" tashkil etildi. 🔰Mazkur siyosiy-ma’rifat soati davomida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, shuningdek, jahon hamda mintaqada sodir bo‘layotgan muhim voqealar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. ✅Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ularning aholi farovonligini oshirishdagi o‘rni hamda xalqaro maydondagi dolzarb voqea va jarayonlar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.