🔰Joriy yilning 26-iyun kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida Ichki ishlar xodimlari ishtirokida "Kitob va huquq:yoshlar tarbiyasida muhim omil" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbatida ichki ishlar xodimlari tomonidan yoshlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi, kundalik hayotda uchraydigan muammolar yuzasidan foydali tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, tadbir davomida kitobning inson tarbiyasidagi o‘rni, bilim va ma’rifat orqali jamiyatda munosib o‘rin egallash masalalari haqida fikr almashildi.Tadbirda yoshlar faol ishtirok etib, o‘z mulohaza va takliflarini bildirdilar.