2026-yil Mirzacho‘l tumanida O'zbek-qozoq drama teatrida Jizzax viloyati prokurori ishtirokida sayyor qabul va bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o'tkazildi. Tadbir doirasida Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Kitob o'qigan millat yuksaladi" nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, kitoblarning mazmuni, mualliflari va kutubxona tomonidan kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot oldilar. Ayniqsa, yoshlar orasida kitob mutolaasini keng targ‘ib etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda aholini axborot-kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanishga chorlash borasida targ‘ibot ishlari olib borildi. ✅Mazkur ko‘rgazmada 100 dan ortiq ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otib, kitob mutolaasining inson kamoloti, ma’naviy yuksalishi va bilim salohiyatini oshirishdagi beqiyos o‘rni yana bir bor e’tirof etildi.