Mahorat darsi

📆Joriy yilning 30-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida markaz xodimlari uchun kutubxonachilik faoliyatini takomillashtirish hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida mahorat darsi tashkil etildi. 📚Mahorat darsi kutubxona ish faoliyatiga oid savol-javoblar asosida o‘tkazildi. Unda axborot-kutubxona xizmatini tashkil etish, kitob fondini hisobga olish va saqlash, kitobxonlarga sifatli kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash hamda sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan tuzilgan savollar muhokama qilinib, ularga batafsil javoblar berildi. Mashg‘ulot davomida markaz xodimlari faol ishtirok etib, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.