Ekskursiya

2026-yil 30-iyun kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida 5-maktabning 4-sinf o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi. ✅Ekskursiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarda kitobxonlikka qiziqishni oshirish, ularni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda mutolaa madaniyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Ekskursiya davomida o‘quvchilarga kutubxonaning bo‘limlari, bolalar adabiyotlari fondi, kitoblardan foydalanish qoidalari hamda kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi haqida sodda va tushunarli ma’lumotlar berildi.