2026-yil 2-iyul Yoshlar kuni munosabati bilan Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni" mavzusida "Ochiq kutubxona kuni" tadbiri tashkil etildi. ✅Tadbir doirasida tuman hududidagi mahalla markazida maxsus avtotransport vositasiga 40 nusxadagi badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti va boshqa yo‘nalishdagi adabiyotlar joylashtirilib, sayyor kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, kitoblarni aholiga yaqinlashtirish hamda yoshlarni erkin mutolaaga jalb etishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida ishtirokchilarga axborot-kutubxona markazi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kutubxonaga a'zo bo‘lish tartibi hamda imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.