Payshanba_yoshlar_kuni

2026-yil 2-iyul Yoshlar kuni munosabati bilan Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni" mavzusida Mirzacho‘l tumani yozuvchisi Roʻzimurod Balqiyev ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi. ✅Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish, yoshlarni ijodkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning ijodiy fikrlashini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Ijodiy uchrashuv davomida shoir o‘zining ijod yo‘li, yaratgan asarlari, adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda ijodiy jarayonning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil so‘z yuritdi. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berilib, kitob mutolaasining inson kamolotidagi ahamiyati, ijodkor bo‘lish yo‘lidagi izlanishlar va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalari yuzasidan samimiy muloqot olib borildi.