Siyosiy - ma'tifat soati

🖥Joriy yilning 3-iyul kuni Mirzachoʻl tuman  axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" tashkil etildi. 🗣️Mazkur siyosiy-maʼrifat soati davomida xodimlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, siyosiy-ijtimoiy hayotdagi muhim voqealar, qonunchilikdagi soʻnggi yangiliklar hamda davlat xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiluvchi dolzarb maʼlumotlar yetkazildi. Siyosiy-maʼrifat soatining asosiy maqsadi davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, Vatanga sadoqat, yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuygʻusini mustahkamlash hamda maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini boyitishdan iborat boʻldi.