Fotogalereya

🗂Joriy yilning 3-iyul kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Gulzor" MFYda aholi uchun "Eng faol kitobxonlar" fotogalereyasi tashkil etilib, keng jamoatchilikka tanishtirildi. Fotogalereya orqali mahalladagi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, kutubxona faoliyatida faol ishtirok etayotgan namunali kitobxonlar haqida ma'lumotlar taqdim etildi. Tashrif buyurgan fuqarolar fotogalereya bilan yaqindan tanishib, faol kitobxonlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishi va yutuqlari haqida ma'lumot oldilar. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi kitobxonlarni e'tirof etish, kitob mutolaasasini keng targ‘ib qilish hamda yoshlarni kitob o‘qishga rag‘batlantirishdan iborat.