Joriy yilning 6-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 3-maktab o'quvchilari ishtirokida "Bir adib haqida suhbat" loyihasi doirasida atoqli ma'rifatparvar adib, pedagog va jamoat arbobi Abdulla Avloniyning hayoti va ijodiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. 🗣️Tadbir davomida ishtirokchilarga Abdulla Avloniyning boy adabiy merosi, ta'lim-tarbiya sohasidagi xizmatlari, yoshlarni ilm-ma'rifatga, vatanga muhabbat va yuksak ma'naviyat ruhida tarbiyalashga qaratilgan gʻoyalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, adibning hikmatli fikrlari va asarlari yuzasidan qiziqarli suhbat va fikr almashuvlar tashkil etildi