🖥Joriy yilning 7-iyul kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan"G'alaba" mahalla yoshlari o'rtasida "Milliy meros-yoshlar qalbida" mavzusida kitob ko'rgazmasi va ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati tashkil etildi. ⬇️Tadbir davomida milliy va ma'naviy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi adabiyotlardan iborat kitob ko'rgazmasi namoyish etildi. Ishtirokchilarga xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odat va an'analari, milliy qadriyatlarning bugungi hayotimizdagi o'rni haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, milliyligimiz ramzi hisoblangan adras matolari, ularning yaratilish tarixi, o'ziga xos naqshlari, rang-barangligi hamda milliy liboslarimizdagi ahamiyati haqida qiziqarli ma'lumotlar taqdim etildi. Adras matolari xalqimizning didi, mahorati va qadimiy hunarmandchilik an'analarini o'zida mujassam etgani alohida ta'kidlandi. Tadbir yakunida yoshlar bilan milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodlarga yetkazish hamda kitob mutolaasi orqali ma'naviy kamolotga erishish mavzusida samimiy fikr almashildi.