Koʻchma kutubxona

2026-yil 7-iyul kuni Mirzachoʻl tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumda faoliyat yuritayotgan ko‘chma kutubxona fondi kitobxonlarning talab va istaklari asosida yangi adabiyotlar bilan yangilandi. ⬇️ Fond kitobxonlarning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib saralangan badiiy hamda boshqa mazmundagi adabiyotlar bilan boyitildi. Ushbu yangilanish kitobxonlarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish va kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.