KVEST

🖥Joriy yilning 7-iyul kuni Mirzacho‘l tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 3-maktab o‘quvchilari ishtirokida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan “Kvest” jamoaviy o‘yini bo‘lib o‘tdi. ⬇️Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kutubxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda kitob mutolaasi madaniyatini mustahkamlash edi. ✏️“Kvest” o‘yini doirasida ishtirokchi jamoalar bir qator intellektual va ijodiy vazifalarni bajardilar. O‘yin turli to‘xtamlarda — adabiyotlar bo‘yicha savollar, kitoblar topish-izlash, she’riy qatorlarni to‘g‘ri joylashtirish kabi topshiriqlarni o‘z ichiga oldi. Bu faoliyat yoshlarni nafaqat bilimlari, balki tez fikrlash, hamkorlik va ijodiy yondashuvlarni namoyon etishga ham undadi. 🗣️Tadbirda 3-maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, “Kvest” jarayonida o‘zaro jamoaviy ruhni mustahkamlash bilan birga, o‘quvchilar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratdilar. Har bir bosqichda ular adabiyotga oid savollarni javoblab, moddiy boy adabiyotlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglashga intildilar.