Joriy yilning 8-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-son texnikumda yosh kitobxon onalar ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi. 📥Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yosh onalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning bilim va tafakkurini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi. Intellektual bahslar davomida ishtirokchilar adabiyot, tarix, ma'naviyat, Vatanimiz taraqqiyoti hamda umumiy bilimlarga oid qiziqarli savollarga javob berib, o‘zlarining bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. O‘yin do‘stona va qizg‘in ruhda o‘tib, ishtirokchilarga nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazish, balki yangi ma'lumotlarga ega bo‘lish imkonini ham yaratdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan jamoalar va qatnashchilarga minnatdorlik bildirildi hamda kitob mutolaasini muntazam davom ettirish, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.