Ko'rgazma

📁Joriy yilning 8-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mirzadala MFY hududida istiqomat qiluvchi ayol-qizlar ishtirokida kitob ko‘rgazmasi va targ‘ibot ishlari tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi ayol-qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy, hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazmada o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari, tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblar, namoyish etildi. Targ‘ibot jarayonida mutaxassislar tomonidan kitob mutolaasining inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi o‘rni, oilada farzand tarbiyasida kitobning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, tavsiya etilgan adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.