2026-yil 9-iyul kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ichki turizm kuni" mavzusida yoshlarning o‘z hududining tarixiy, madaniy va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishishlarini ta'minlash maqsadida bir kunlik sayohat tashkil etildi. 🗣️Mazkur sayohat doirasida Mirzacho‘l tumanidagi Ezgu niyat maydoni hamda Koinot muzeyiga tashrif uyushtirildi. Sayohat davomida yoshlarga ushbu maskanlarning tarixi, bunyod etilish maqsadi, madaniy va ma'rifiy ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirish, ona yurtimizning tarixiy va madaniy merosiga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda vatanparvarlik ruhini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.