🖥2026-yil 9-iyul Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Paxtazor mahallasida joylashgan 9-maktabdagi koʻchma kutubxona fondi yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitildi. 🗣️Mazkur tashabbus oʻquvchilarning kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bilim doirasini kengaytirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi. Mirzachoʻl tuman axborot-kutubxona markazi kelgusida ham kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholiga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish yoʻlidagi ishlarini izchil davom ettiradi.