Ma'naviyat marfiy

🖥Joriy yilning 9-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tashabbusi bilan Paxtazor MFY hududida joylashgan 9-maktabida "Ayol ilmli bo‘lsa – millat ilmli bo‘ladi" mavzusida yosh olima ayollar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash, ularni ilm-fan, ta'lim va kitobxonlikka keng jalb etish, yoshlar orasida bilim olishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda kitob mutolaasi madaniyatini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi. Davra suhbati davomida ishtirokchilar bilan samimiy fikr almashdilar. kitob mutolaa qilish, maqsad sari qat'iyat bilan intilish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash har bir yosh uchun muhim ekanligini alohida ta'kidladilar. Ishtirokchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va mehmonlardan batafsil javob oldilar.