kitob ko'rgazmasi

🖥Joriy yilning 9-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 3-maktab o‘quvchilari ishtirokida "Ochiq osmon ostida kutubxona" loyihasi doirasida "Kitob nuri" mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yosh avlodning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda badiiy va ilmiy adabiyotlarni keng targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi. Ko‘rgazmada bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan badiiy asarlar, ertaklar, sarguzasht kitoblari, ilmiy-ommabop hamda ma'naviy-ma'rifiy adabiyotlar namoyish etildi. O‘quvchilar kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan asarlar haqida batafsil ma'lumot oldilar hamda mutolaa uchun tavsiya etilgan kitoblarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir davomida kitobning inson kamolotidagi o‘rni, mutolaaning tafakkur va dunyoqarashni boyitishdagi ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar kitobxonlikning hayotdagi o‘rni xususida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, faol ishtirok etdilar.