Mustaqillik to‘yi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida Mirzacho‘l tumanidagi 2-son texnikumda "Shukronalik" mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar va pedagoglar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, uchrashuvda Vatanga sadoqat, shukronalik tuyg‘usi, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning faol ishtiroki alohida ta’kidlandi. 🇺🇿 "Mustaqillik to‘yi" festivali doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Mirzacho‘l tumanida izchil davom etmoqda.