🖥2026-yil 10-iyul kuni Mirzacho‘l tuman axborot-kutubxona markazida "Muhim va unutilmas sanalar" turkumi doirasida o‘zbek ma'rifatparvari, atoqli adib, pedagog va jamoat arbobi Abdulla Avloniy tavalludiga bag‘ishlangan kitoblar va rasmli ko‘rgazma tashkil etildi. 🗣️Ko‘rgazmada adibning hayoti va serqirra ijodini yorituvchi asarlar hamda uning ma'rifatparvarlik g‘oyalarini aks ettiruvchi kitoblar namoyon etildi. Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yosh avlodni milliy adabiyotimiz durdonalari bilan yaqindan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda Abdulla Avloniy qoldirgan boy ma'naviy merosni keng targ‘ib etishdan iborat.